» » O‘rta Chirchiq tumanida narkotik moddalarning yashirin savdosiga chek qo‘yildi

O‘rta Chirchiq tumanida narkotik moddalarning yashirin savdosiga chek qo‘yildi


Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qonunbuzilishlariga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida giyohvand o‘simliklarning noqonuniy yetishtirilayotganligi fosh qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olmaliq shahrida fuqaro E.F. rahbarligidagi ma’suliyati cheklangan jamiyat hududi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda 90 tup “kannabis” (nasha) giyohvand o‘simligi yetishtirilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, kontrabanda va bojxona qonunbuzilishlariga qarshi kurashish bo‘limi va xodimlari O‘rta Chirchiq tumanida narkotik moddalarning yashirin savdosiga chek qo‘ydi.

Tezkor tadbir davomida, shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.S. qog‘oz bo‘lakchalaridan tayyorlangan 40 dona o‘ramlarga 143,57 gramm og‘irlikdagi marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida fosh qilindi.

Shundan so‘ng, ushbu shaxsning xonadoni xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, 3 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi va 52,5 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют