» » Marg‘ilonda ota-bola uydagi sandiqda ko‘knori saqlayotgani ma’lum bo‘ldi

Marg‘ilonda ota-bola uydagi sandiqda ko‘knori saqlayotgani ma’lum bo‘ldi


Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Marg‘ilon tumanida istiqomat qiluvchi M.O. va uning o‘g‘li O.O.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganida bu yerda narkotik moddalar saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Hovlidagi gul tuvagi yonida, xonalardan biridagi javonda va sandiq ichida jami 1490 gramm ko‘knori somoni yashirin ravishda saqlanayotganligi aniqlangan.

Hovlidagi tomorqa ko‘zdan kechirilganida uzum ishkomlari ostida 34 tup ko‘knori butalari parvarishlanayotganligi ham aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют