» » Navoiyda tomorqasiga qurol-yarog‘ ko‘mib qo‘ygan fuqaro qo‘lga olindi

Navoiyda tomorqasiga qurol-yarog‘ ko‘mib qo‘ygan fuqaro qo‘lga olindi


Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Xatirchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qurol va o‘q-dorilarning yashirin ravishda saqlanayotganligi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro T.Yorqulovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, hovlidagi tomorqaga 1 dona o‘q-otar ov quroli, 2 dona gilza, 7 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan patron, 50 g sochma drob va boshqa moslamalar polietilen qopga solingan holda ko‘mib qo‘yilganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respbulikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmiga binoan ashyoviy dallillar davlat egaligiga o‘tkazildi. Fuqaroga nisbatan eng kam oylik ish haqining 8 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni talablariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududiga maxsus ruxsatnomasiz qurol-yarog‘, o‘q-dori va ularning qismlarini olib kirish taqiqlangan.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro S.Alimardonov bojxona nazoratidan chetlab o‘tib, 39 dona bo‘sh gilzalar, 198 dona yelim gilza pistonlari, 57 dona yelim gilzalar va boshqa moslamalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, respublika bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, qurol va o‘q dorilarni noqonuniy ravishda saqlash jarima, qamoq yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Modomiki, shaxs ushbu buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida respublika bojxonachilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 74 ta qonunbuzarlik holatlarida 31 ta ovchilik  quroli, 12 dona o‘qotar qurol, 621 dona patron, 4,5 ming donadan ortiq kapsula, 1700 donadan ortiq gilzalar huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan.

 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют