» » Buxoroda yuk mashinasi er-xotinni urib yubordi. Ular vafot etdi

Buxoroda yuk mashinasi er-xotinni urib yubordi. Ular vafot etdi


Buxoroda 24-noyabr, yakshanba kuni soat taxminan 11:30 da yuk mashinasi ikki kishini urib yubordi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli O.A. Isuzu yuk mashinasida Buxoro shahar Do‘stlik ko‘chasidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 218-kmdan Gazlishoh ko‘chasidagi aylanma yo‘l tomonga harakatlanib kelib, piyodalar o‘tish joyidan harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda 51 yoshli T.B. va uning turmush o‘rtog‘i 49 yoshli Yu.Yo.ni avtomashinaning old tomoni bilan urib yuborgan.

Mavzuga doir: Sergelida Matiz haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 50 yoshli fuqaroni urib yubordi

Oqibatda T.B. hodisa joyida va Yu.Yo. esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan 24-noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro O.А.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Video: Toshkentda 25 yoshli qiz mast holda avtomobil yo‘liga yotib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют