» » Chiroqchida yana bir qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. Ovchilar jazosiz qolmoqda

Chiroqchida yana bir qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. Ovchilar jazosiz qolmoqda


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog‘ida ov miltig‘i bilan O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan yana bitta qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi, deb yozmoqda “Xabar.uz”.

Qayd etilishicha, oldingi o‘ldirilgan ayiqlarning ovchilari jazosiz qoldi. Bundan ruhlangan boshqa ovchilar esa vahshiylikni davom ettirmoqda.

“Qachongacha “Qizil kitob”ga kiritilgan jonivorlarni o‘ldirganlarni oqlab, jonivorlarni ‘quturgan’, ‘odamga tashlangan’, deb o‘zimizni aldaymiz? O‘zbekistonda birorta jonivor qolmagunchami?” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida bir guruh shaxslar Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni o‘lasi qilib do‘pposlagan, Namangan viloyati Chust tumanida ham “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют