» » Namanganda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani tafsilotlari ma’lum qilindi (video)

Namanganda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani tafsilotlari ma’lum qilindi (video)


“Zamon” informatsion dasturi Namangan viloyati Chust tumanining “G‘ova” qishlog‘ida “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilgani tafsilotlarini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gulbahor ismli ayol tog‘li G‘ova qishlog‘iga adashib yoki ochlikdan tentirab kelgan to‘q sariq —tillarang tusdagi qo‘ng'ir ayiqni o‘z hovlisida qo‘ylariga o‘t solayotganida ko‘rib qolgan.

Ayol tosh otganidan keyin ayiq qo‘shni hovliga o‘tib ketib, qo‘shni xonadonning hojatxonasida 2 soatdan ortiq berkinib turgan. Odamlar yig‘ilib shovqin boshlangach, tashqariga chiqib, o‘kirib, duch kelgan tomonga otila boshlagan. Bu paytgacha mahalliy aholi ko‘plab davlat idoralariga telefon qilib yordam so‘rashga ulgurgan. Voqea joyiga mahalla faollari, ovchilar va ekologiya qo‘mitasi vakillari kelgan.

Mavzuga doir: Namanganda “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi (video)

Ayiq Gulbahor opaning qo‘shnisi Sohibjon Mahmudovning og‘ilxonasiga o‘zini urgan. Insonlarga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi nazarda tutilib, ovchilarga ayrim mutasaddilarning og‘zaki topshiriqlari bilan ayiqni otib o‘ldirishga qaror qilingan.

“Qizil kitob”ga kiritilgan ayiqni otish uchun mahalliy ovchilar jalb qilingan. Meliqo‘zi Xolmatov og‘ilxonaning tom qismidan bir marta, yonidagi sherigi 2 marta o‘q uzib ayiqni o‘ldirgan.

“Ovchilik jamiyati raisi tezda borib ayiqni o‘ldirmasdan, imkon darajasida saqlanglar dedi. Men bog‘dagi ovchilarga telefon qilib ayiqni otmanglar dedim. Yetib kelganimizda ayiq bu yerga berkinib olgan ekan. Temirlar bilan eshikni mahkamladik. Ayiqni uxlatib turib, yo bir yerga jo‘natish yoki hayvonot bog‘iga topshirish harakatida bo‘ldik. Baxtga qarshi qarangki, Namangan viloyatining birorta joyida uxlatadigan dori yo otadigan qurol topilmadi”, — deydi viloyat ovchilik va baliqchilik sport birlashmasi rahbari o‘rinbosari Anvarjon Dostonov.

Qayd etilishicha, og‘irligi 250—300 kilogramm deyilayotgan ayiqni 7—8 kishi Damas’ga yuklagan. Uni veterinariya bo‘limi olib ketgan. Ayiqning keyingi taqdiri noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Qashqadaryoda bir guruh shaxslar Xalqaro qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni otib o‘ldirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют