» » Kamchatkada ayiq shahar bozoriga kirib ketdi (video)

Kamchatkada ayiq shahar bozoriga kirib ketdi (video)


Rossiyaning Kamchatka o‘lkasidagi Yelizovo shahrida aylanma yo‘l bo‘yida joylashgan bozor hududiga ayiq kirib qoldi. Bu ma’lumot politsiya tomonidan tasdiqlangan. Holat aks etgan videoga TJournal e’tibor qaratdi.

Rossiya IIVning o‘lkadagi boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan, biroq hayvonni topa olmagan hamda uni allaqchon ketib qolgan, deb taxmin qilgan.

“Videodan ko‘rinadiki, bu o‘rtacha kattalikdagi qo‘ng‘ir ayiq bo‘lgan. Uni bozorga kirishga nima majbur qilgani noma’lum. Balki, yo‘l chetida turgan ayiqni o‘tib ketayotgan mashina qo‘rqitib yuborgan va u ochiq turgan eshik tomon yugurgan”, — deya ma’lum qilgan Kamchatka o‘lkasining o‘rmon xo‘jaligi va jonli tabiatni muhofaza qilish agentligi vakili.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur tumanda bir necha bor qayd etilgan ayiq haqidagi ogohlantirishlar tarqalgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют