» » Koloradoda ayiq yo‘ltanlamasni haydab qochdi (foto)

Koloradoda ayiq yo‘ltanlamasni haydab qochdi (foto)


Kolorado shtatining Durango shahrida yovvoyi ayiq avtoturargohdagi Subaru yo‘ltanlamasi ichiga kirib, qandaydir usulda uni yo‘lga haydab chiqishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi “Forum Daily”.

Durango Herald’ning ma’lum qilishicha, transport vositasi bir necha metr yurganidan so‘ng pochta qutisiga borib urilgan.

Guvohlar politsiyaga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari mashina ichidan ayiqni topa olmagan, biroq u avtomobil salonida yetarlicha iz qoldirib ketgan.

Yovvoyi hayvon Subaru’ning ichini tirnab tashlagan, rul va uskunalar panelini sindirgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlarining taxminicha, ayiq mashina ichiga kirib olib uzatmalar qutisini boshqaruvchi richagni siljitib yuborgan. Neytral holga kelib qolgan transport vositasi yo‘lga chiqib ketgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют