» » Alyaskada it harbiylarni ayiqdan qutqardi (video)

Alyaskada it harbiylarni ayiqdan qutqardi (video)


Sibir xaskisi zotiga mansub it Alyaskadagi harbiy bazaning odamlar yashaydigan hududiga o‘z oilasi bilan adashib kirib qolgan baribal ayiqni quvib chiqarishga yordam berdi, deb yozadi National Geographic.

Alyaskaning eng yirik shahri — Ankoridj yaqinidagi harbiy bazadagi ushbu hodisani xavfsizlik kameralari kadrga muhrladi. Videoda xaski ayiqqa qarshi mudofaaga turib olib, uning odamlar yashaydigan hududga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaganini ko‘rish mumkin. Voqeani uchta ayiq bolasi daraxtga chiqib olgan holda uzoqdan kuzatgan.

Baribal ayiq itni ko‘rib, unga tashlangan, it esa qattiq vovullab, chekingan. Shovqin-suron itning egasi e’tiborini tortgan, u baqirib yuborgach, ayiq o‘rmonga qaytib qochib ketgan.

It jabrlanmadi. Bir necha kundan keyin xuddi shunday kattalikdagi ayiq bazaning boshqa qismiga qaytib keldi va uni otib tashlashga majbur bo‘lishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют