» » Mosuldan omon chiqqan Simba va Lula (video)

Mosuldan omon chiqqan Simba va Lula (video)


Fevral oyida Mosuldagi harbiy to‘qnashuvlar oqibatlarini o‘rganayotgan ko‘ngillilar guruhi hayvonot bog‘i xarobalaridan Simba laqabli sher va Lula laqabli urg‘ochi ayiq joylashgan qafaslarni topgan edi, deb yozadi National Geographic.

Loy va chiqindiga belangan, juda ozib ketgan ahvolda topilgan hayvonlarni qutqarish ishlari bilan “To‘rt panja” (Four Paws) xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti mutaxassislari shug‘ullandi.

Yirtqichlarni tekshirish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldi-ki, ochlik va antisanitariya sharoiti ularda turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Mart oyining oxirida, birinchi reabilitatsiya choralaridan so‘ng, hayvonlarni muhofaza qilish xodimlari ayiq va sherni chet elga olib chiqib ketishga harakat qildi, biroq yuk mashinasi tekshiruv punktida to‘xtatilgan edi.

Qo‘shimcha ruxsatni olish uchun yana 10 kun kerak bo‘ldi; bu vaqt davomida hayvonot bog‘iga qaytgan Simba va Lulada o‘pka bilan muammolar paydo bo‘lgan. Ko‘ngillilar hayvonlarga yordam bergan va yegulik olib kelgan ko‘plab Mosul aholisining rahmdilligini alohida ta’kidladi.

Hozirda Simba va Lula xavfdan holi. Ular Iordaniya ko‘chirib kelindi. Hayvonlar u yerda New Hope Centre tabiatni muhofaza qilish markazi mutaxassislari nazoratida bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют