» » Safari-parkda sher sayyohlarga hujum qilishga urindi. Biroq o‘raga quladi

Safari-parkda sher sayyohlarga hujum qilishga urindi. Biroq o‘raga quladi


O‘z vaqtida sirk tomoshalarida qatnashgan Elza laqabli sher Meksikadagi safari-parkda uning jig‘iga tekkan sayyohlarga hujum qilishga urindi.

Biroq, TJournal’ning yozishicha, jonivor o‘ra ko‘rinishidagi g‘ovni ortda qoldira olmay, pastga qulagan. Shundan so‘ng dahshatdan baqirayotgan sayyohlarning ovozi kulguga almashgan.

Qulagan sherni veterinar ko‘zdan kechirgan. Uning ta’kidlashicha, hodisa oqibatida jonivorga hech nima qilmagan.

Yuz bergan voqeaga munosabat bildirar ekan, park matbuot kotibi tashrifchilar uchun hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidladi, chunki o‘ralarning kengligi sher sakrashi mumkin bo‘lgan masofadan katta.

Biroq Amerika hayvonot bog‘lari uyushmasi Meksikadagi bog‘ ma’muriyatiga o‘ra kengligini oshirishni tavsiya qildi, chunki sher yugurib kelib sakrasa, g‘ovni yengib o‘tishi ehtimoli oshadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют