» » Qashqadaryoda bir guruh shaxslar Xalqaro qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni o‘lasi qilib do‘pposladi

Qashqadaryoda bir guruh shaxslar Xalqaro qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni o‘lasi qilib do‘pposladi


Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi ko‘ngilsiz holat videosi tarqaldi. Unda bir guruh shaxslar yovvoyi ayiqni tutib olib, uni o‘lasi qilib do‘pposlaganidan keyingi holat tasvirlangan.

Jumladan, “Kun.uz”da e’lon qilingan videotasvirda bir yigitning odamlar orasida ayiqni ko‘rsatayotgani, jonivorning esa bosh qismidan qon oqib, chalajon holatdaligini ko‘rish mumkin.

Jurnalist Nargis Qosimovaning Facebook’da xabar berishicha, hodisa Qashqadaryo viloyatida yuz bergan. Post muallifi bu shaxslarni javobgarlikka tortishni talab qilgan.

“Qashqadaryo viloyat ekologiya qo‘mitasi zudlik bilan inson deb atashga tilim bormayotgan bu shaxslarni jazoga tortishi kerak. Mana, bizning tabiatga, jonivorlarga munosabat. Qo‘ng‘ir ayiq Xalqaro qizil kitobga kiritilgan! Bu shaxslarni jazoga tortib, natijasini e’lon qilish kerak. Boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun. Javobgarlikka tortishni talab qilaman. Bu voqea Qashqadaryoda yuz beryapti”, — deb yozgan jurnalist.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют