» » Qoraqamishdagi voqea yuzasidan Toshkent militsiyasi tekshiruv boshladi (video)

Qoraqamishdagi voqea yuzasidan Toshkent militsiyasi tekshiruv boshladi (video)


Internet tarmog‘ida Spark va “Jiguli” avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan axborot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shu kunlarda Toshkentning Qoraqamish dahasida yuz bergan. Videoda Spark’ning oynalari singani, balonlari pusayib qolganini, Spark haydovchisi deb taxmin qilingan kishi esa yerga yotqizib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

“Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, hodisa ishtirokchilarining shaxsi aniqlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi bosh boshqarma axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют