» » Toshkentda militsionerlarni qurol ishlatishga majbur qilgan Spark o‘g‘risi qidirilmoqda (video)

Toshkentda militsionerlarni qurol ishlatishga majbur qilgan Spark o‘g‘risi qidirilmoqda (video)


Toshkent markazida 5-sentabr kuni ichki ishlar idoralari xodimlarini qurol ishlatishga majbur qilgan Spark o‘g‘risi qidirilmoqda. Shahar IIBB rahbariyatining bu haqdagi xabarnomasi surati ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda paydo bo‘ldi.

Xabar berishlaricha, butun shaharda shov-shuvga aylangan hodisa bosh sababchisi — 1983-yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi Sanjarbek Iskandarov bo‘lib chiqqan. U 4-sentabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida eshik ochiq, kaliti o‘t oldirgichda qoldirilgan Spark’ni olib qochgan.

Mavzuga doir:Tirband chorraha, o‘q ovozlari, o‘g‘irlangan Spark. Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi (video)

Mashina olib qochilgani haqidagi axborot kelib tushganidan so‘ng, butun Toshkent bo‘ylab “To‘sib ushlash” rejasi amalga kiritilgan. 5-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hududida Sanjarbek Iskandarovni ushlash choralari ko‘rilganida, u ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan va voqea joyidan yashiringan.

Mavzuga doir: IIBB Toshkentda besh mashinani urib qochgan Spark’ga qarshi qurol ishlatilganini tasdiqladi. Spark o‘g‘rilari qo‘lga olinganmi yoki yo‘q — noma’lum (video)

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov butun shaxsiy tarkibga gumondagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha keng qamrovli surishtiruv ishlarini tashkil etish, fotosuratdagi o‘xshash shaxslar aniqlangan taqdirda zudlik bilan ichki ishlar idoralariga olib borib, bu haqda Navbatchilik qismiga xabar berish haqida ko‘rsatma bergan.

Bu jarayonda fuqarolar ham yordam berishi, 102, 233-49-46, 233-71-47, 232-05-62 telefon raqamlari orqali axborot berishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют