» » Yunusobodda “poygachi” Spark qo‘shnisining darvozasiga borib urilib, ikki mashinani pachoq qildi (video)

Yunusobodda “poygachi” Spark qo‘shnisining darvozasiga borib urilib, ikki mashinani pachoq qildi (video)


Toshkentning Yunusobod tumanida 28-iyul kuni, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar ta’rifi bilan aytganda, g‘alati yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida videoxabar qoldirilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark avtomobili haydovchisi katta tezlikda qo‘shnisining darvozasiga kelib urilgan, oqibatda xonadondan tashqari yana ikki avtomobilga zarar yetkazgan.

“Bugun tongda Yunusobodda dahshatli YTH yuz berdi. Qo‘shnim o‘zining Spark’ida darvozamga uchib keldi, so‘ng aylanib ketib, orqa tomoni bilan akamning ‘Jiguli’siga urildi. Uy ichida esa dadamning mashinasi turgandi. Bir zarb bilan ikki mashinani rasvo qildi, uyga ham achinasan kishi. YTHlar faqat yo‘llarda bo‘ladi, deb o‘ylamang”, — deya jabrlanuvchining yozib qoldirgan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “1news.uz” nashri.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uning darvozasiga kelib urilgan Spark mahalla ichidagi ko‘chada boshqa bir mashina bilan poyga o‘ynagan.

“Ko‘rgan kishi aytdi — Spark poyga o‘ynagan ekan, katta tezlikda burilishni eplolmay, mening darvozamga kelib urilgan”, — deya qo‘shimcha qilgan jabrlanuvchi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют