» » Toshkentda ikki kun ichida kamida 4 ta yirik YTH yuz bergani ma’lum qilindi. Ularning suratlari esa bahslarga sabab bo‘ldi

Toshkentda ikki kun ichida kamida 4 ta yirik YTH yuz bergani ma’lum qilindi. Ularning suratlari esa bahslarga sabab bo‘ldi


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari tomonidan ikki kun ichida Toshkentning turli nuqtalarida yuz bergan yo‘l-transport hodisalarining suratlari joylashtirildi, deb yozadi “Qalampir.uz”.

Suratlar va izohlardan YTHlar sobiq “G‘alabaning 40 yilligi” dahasidagi AYoQSh oldida, “TTZ” mavzesidagi katta avtomobil yo‘lida, Algoritm dahasi hamda Toshkent avtomobil halqa yo‘lida sodir bo‘lganini bilish mumkin.

Sobiq “G‘alabaning 40 yilligi” dahasidagi AYoQSh oldida “Jiguli” avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

“Qalampir.uz”ning yozishicha, mazkur fotoxabardan so‘ng “Voditeli Tashkenta” guruhi qatnashchilari orasida bahs kelib chiqqan. Ularning bir qismi guruhga bunday suratlarni joylashtirmaslikni talab qilgan. Ayni vaqtda, “Dahshatli YTHlar” nomi bilan yangi guruh ochish va YTHlarning suratlarini o‘sha yerga joylash taklifi bildirildi.

“Bahs ishtirokchilarining ikkinchi qismi esa bunday post va suratlar guruh a’zolarini, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ogohlikka chaqirib turishini va YTHlar aks etgan suratlarni joylashtirish foydali ekanini bildirdi”, — deyiladi nashr xabarida.

Oradan bir necha soat o‘tib, yo‘l-transport hodisasi suratlari aks etgan postlarning uchtasi o‘chirib tashlandi. Suratlari ko‘rsatilgan YTHlar natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (14-02-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют