» » Toshkentdagi “Manas” restorani yonib ketdi (foto)

Toshkentdagi “Manas” restorani yonib ketdi (foto)


Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida Grand Mir mehmonxonasi yonida joylashgan “Manas” restoranida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” va “Voditeli Tashkenta” guruhlari a’zolari xabar berdi.

Foydalanuvchilar ilova qilgan suratlarda restoran deyarli butunlay yonib ketganini, binoning tomi qulab, temir konstruksiyalar ko‘rinib qolganini ko‘rish mumkin. Yana bir suratda restoran xodimlari ichkaridan jihozlarni ko‘chaga tashib chiqarmoqda.

Alanga kuchliligidan, uning tutunini Toshkentning ko‘plab hududlaridagi fuqarolar payqadi va o‘zlari olgan suratlar bilan bo‘lishdi.

Foydalanuvchilar yozishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, yong‘inni bartaraf etgan. Hodisada qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют