» » Tirband chorraha, o‘q ovozlari, o‘g‘irlangan Spark. Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi (video)

Tirband chorraha, o‘q ovozlari, o‘g‘irlangan Spark. Toshkentda noodatiy YTH yuz berdi (video)


Toshkent aholisi seshanba oqshomida noodatiy yo‘l-transport hodisasiga guvoh bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Soat taxminan 17:30 da Mustaqillik shoh ko‘chasi va Oqqo‘rg‘on (Darxon) ko‘chalari kesishmasida oq rangli Spark avtomobili svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida boshqa avtomobillarni urib-turtib, o‘ziga “yo‘l ochgan”.

Salonida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi bo‘lgan Spark o‘g‘irlangan bo‘lgan. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida 4-sentabr kuni Uchtepa tumanida Spark avtomobili o‘g‘irlangani haqida xabar berilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan va messenjerlarda tarqalgan videolarda chorrahada Spark’ni bir necha nafar ichki ishlar idoralari xodimlari to‘xtatishga urinayotgani, biroq buning uddasidan chiqa olmaganini ko‘rish mumkin.

Spark avtomobillar orasidan o‘ziga yo‘l topib chiqib ketayotgan vaqtda kamida sakkiz marta o‘q ovozi eshitilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda keyinroq e’lon qilingan fotosuratda orqa bamperi uzilib tushgan va shinasi bo‘shatilgan Spark o‘rab qo‘yilganini ko‘rish mumkin. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, Botkin qabristoni atrofidan topilgan.

Avtomobil o‘g‘rilarining nomi ko‘rsatilgan chorrahadagi qoidaga zid xatti-harakatlari oqibatida besh avtomobil — Cobalt, Nexia-2 (taksi), Nexia-3, Volvo yengil mashinalari va “Gazel” mikroavtobusi zarar ko‘rgan. Bu avtomobillar soat 21:00 da ham — tergov guruhi ish olib borayotgani sabab, chorrahada turgan edi.

“Chorraha atrofidagi vaziyat tinch, odamlar yosh bolalari bilan sayr qilib yurgan edi”, — deyiladi “Gazeta.uz” xabarida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют