» » “Hududgazta’minot”: Gaz so‘rg‘ich moslamalaridan foydalanish javobgarlikka olib keladi

“Hududgazta’minot”: Gaz so‘rg‘ich moslamalaridan foydalanish javobgarlikka olib keladi


So‘nggi paytlarda “tabiiy gaz quvurlariga turli gaz so‘rg‘ich moslamalarini o‘rnatgan holda foydalanish qonuniymi?” mazmunidagi savollar ko‘p uchramoqda. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, aholi tomonidan xonadonlarda nostandart gaz uskunalari va gaz yondirgichlardan (gorelka) foydalanish yoxud o‘zboshimchalik bilan gaz uskunalarini joylashuvini o‘zgartirish, boshqa nostandart gaz yondirgichlarga almashtirish, sozlash yoki gaz uskunalarini konstruktiv holatini o‘zgartirib, texnologik jarayonlariga o‘zgartirishlar kiritish natijasida gaz uskunalaridan yoki ularning ulanish qismlaridan tabiiy gaz sizib chiqishi hamda chala yonish holatlari yuzaga keladi.

Tabiiy gaz to‘plangan xonada gugurt chaqilishi yoki xonadagi yoritish tizimi yoqilganda xonada gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ladi. Gaz va havo aralashmasining chaqnashi ko‘plab ayanchli oqibatlarga sabab bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan gaz quvurlari yoki GTShlarda gaz taqsimlash tarmoqlarini texnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni o‘rnatish taqiqlanadi. Shuningdek, qarorning 143-bandi talablariga binoan tabiiy gazdan foydalanishda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

Mazkur talablar buzilganda fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda favqulodda baxtsiz voqealar sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida ‘Hududgazta’minot’ AJ gaz iste’molchilaridan ogoh bo‘lishlari, xonadonlaridagi mavjud barcha gaz uskunalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma talablari va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda foydalanishlarini so‘raydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют