» » Jizzaxda yonuvchi gaz va havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 4 kishi og‘ir kuyish jarohatini oldi

Jizzaxda yonuvchi gaz va havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 4 kishi og‘ir kuyish jarohatini oldi


7-noyabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Xayrobod” MFY R.Boynazarov ko‘chasidagi xonadonlarning birida yonuvchi gaz va havo aralashmasining chaqnashi qayd etildi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo” xabar berdi.

“Shu kuni N.O.ning uyiga jiyanlari mehmonga keladi va tunda shu yerda qoladi. Ular dam olayotgan xonaga o‘rnatilgan isitish pechi suyultirilgan gaz(propan)ga ulangan. Kechasi isitish pechida olov o‘chib qoladi va xona yonuvchi gazga to‘la boshlaydi. Tonggi soat 06:00 larda N.A. pechni yoqish maqsadida gugurt yoqadi va xonaga yig‘ilgan yonuvchi gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ladi. Chaqnash natijasida 1994-yilda tug‘ilgan O.S. 70 foiz, 1995-yilda tug‘ilgan X.X. 35 foiz, 1997-yilda tug‘ilgan N.A. 85 foiz va 1999-yilda tug‘ilgan O.Sh. 35 foiz kuyish tan jarohati olib RISHTYoM Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kuzgi-qishki mavsumda ob-havoning keskin sovishi natijasida aholining issiqlikka bo‘lgan talabi sezilarli ravishda oshadi. Bunday holatda nosoz, nostandart yoki qo‘lbola isitish pechlaridan foydalanish chaqnash, yong‘in yoki is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolarni ogohlikka chaqirib, elektr uskunalari va isitish pechlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют