Mosulda IShID terroristik tashkilotining ikki boshlig‘i yo‘q qilindi
Iroq federal politsiyasi Mosul shahrida IShID terrorchilik tashkilotining ikki dala qo‘mondonini yo‘q qilgani haqida general Raid Shokir Javdat ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Artilleriya kuchlari federal politsiya samolyotlari ko‘magida IShID yetakchilaridan ikki nafarini, jumladan, Abu Muhojir ar-Rusiy va uning olti yordamchisini yo‘q qildi. Ular Eski Mosul dahasidagi respublika shifoxonasi yonida joylashgan, shtab-kvartiraga aylantirilgan tibbiyot kompleksiga berilgan zarba natijasida yo‘q qilindi.
Raid Shokir Javdat, Iroq federal politsiyasi generali
Iroq hukumat kuchlari Mosulni IShIDdan ozod qilish operatsiyasini 2016-yilning 17-oktabridan beri davom ettirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
