» » Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning saylov jarayoniga jalb etilayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning saylov jarayoniga jalb etilayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilarini joriy yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayoniga jalb etilayotgani haqida ma’lumot tarqatildi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ushbu holatga izoh taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha ishlar yakuniga yetgan.

Mazkur komissiya tarkibiga ijtimoiy soha, jumladan, xalq ta’limi tizimi xodimlari ham kiritilgan.

Saylov kodeksiga muvofiq, komissiya a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют