» » Toshkent viloyatida Spark haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. O‘quvchi vafot etdi

Toshkent viloyatida Spark haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. O‘quvchi vafot etdi


Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qo‘rg‘onidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatiga ega 4K708 avtomobil yo‘lida 24-noyabr kuni soat taxminan 22:00 da noma’lum avtomobil haydovchisi velosipedda harakatlanib ketayotgan 15 yoshli maktab o‘quvchisi M.Z.ni urib yuborgan. Haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan.

9-sinf o‘quvchisi M.Z. olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida piyodani urib yuborgan avtomashina aniqlandi.

Ushbu yo‘l transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi 1981-yilda tug‘ilgan K.O. ekanligi, ushbu haydovchi YTHni Spark avtomashinasida sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) va 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki undan foydalanish qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют