» » Buxoro viloyati IIB o‘quvchiga kuch ishlatilgani haqidagi tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi

Buxoro viloyati IIB o‘quvchiga kuch ishlatilgani haqidagi tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi


“Daryo” internet nashrida IIB xodimi so‘roq paytida G‘ijduvon tumanidagi maktab o‘quvchisiga kuch ishlatgani va o‘g‘rilik jinoyatini bo‘yniga olishga majbur qilgani xususida maqola e’lon qilingandi. Buxoro viloyat IIB mazkur maqolaga munosabat bildirdi.

Viloyat IIB axborot xizmatining rasmiy bayonotida yozilishicha, 2019-yil 2-noyabr kuni soat 11:00 dan 4-noyabr kuni soat 16:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs G‘ijduvon tumani “Sho‘rcha” qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.Raupovaning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisining supasida o‘rnatilgan bahosi 500 ming so‘m bo‘lgan suv nasosi, yotoqxona ichidan bahosi 1 million so‘m bo‘lgan tikuv mashinasi hamda bahosi 300 ming so‘m bo‘lgan yostiq jildlarini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 6-noyabr kuni G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash maqsadida tezkor xodimlar tomonidan bir qator tezkor-surishtiruv harakatlari olib borilgan. Jumladan, 2019-yil 11-noyabr kuni soat 12:05 da G‘ijduvon tumani IIO FMB 1-son IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari katta leytenant M.Sharipov hamda leytenant L.Naimovlar D.Raupovaning uyida sodir etilgan jinoyatni fosh etish maqsadida ushbu qishloqda yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan F.Toshpo‘latov bilan surishtiruv ishlarini olib borish uchun u tahsil olayotgan 31-maktab direktori N.Avezovning ruxsati bilan maktab o‘qituvchisi N.Usmonov ishtirokida o‘quvchini olib ketgan. G‘ijduvon tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan o‘quvchi bilan fuqaro D.Raupovaning yashash uyida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilib, suhbat olib borilgan.

Ushbu xodimlardan holat yuzasidan so‘ralganda voyaga yetmagan F.Toshpo‘latov bilan o‘qituvchisi N.Usmonov ishtirokida suhbatlashilganini, oradan 10-15 daqiqa o‘tib F.Toshpo‘latovning onasi M.Q.Fozilova IIBga kelib, voyaga yetmagan o‘g‘li bilan uning roziligisiz surishtiruv harakatlari olib borilayotganligiga e’tiroz bildirib, tushuntirish xatini oxiriga yetkazishiga ruxsat bermasdan, surishtiruv harakatlarini yakuniga yetkazishga to‘sqinlik qilib, farzandini IIB binosidan olib chiqib ketganligini ma’lum qilishdi.

Fuqaro M.Fozilova 2019-yil 1- noyabr kuni o‘g‘li F.Toshpo‘latov bilan G‘ijduvon tuman prokuraturasiga borib, IIB xodimlari o‘g‘lini urganligi haqida bildirib, sud tibbiy ekspertizasidan o‘tish uchun yo‘llanma so‘rab murojaat qilgan. Tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shu kuni soat 21:10 da F.Toshpo‘latov RShTYoIM Buxoro viloyati filialiga murojaat qilgan.

RShTYoIM Buxoro viloyati filialida F.Toshpo‘latov shifokorlar ko‘rigi, rentgen hamda UZI apparatlarida tekshiruvdan o‘tkazilib, tanasida jarohat izlari aniqlanmagan, uning so‘zidan “Chap yuzi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilib, viloyat sud tibbiy ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazilgan. Hozirda sud tibbiy ekspertizasi xulosasi G‘ijduvon tumani prokuraturasiga taqdim etilmagan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari G‘ijduvon tumani IIO FMB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda rasmiy bayonot IIB xodimining xizmat tekshiruvi hujjatlaridagi ko‘rsatmasigagina asosan yozilgani, biroq hali xizmat tekshiruvi davom etayotgani, tegishli odamlardan tushuntirish xatlari olinmaganini bildirgan.

— Surishtiruv davomida barcha holatlarga aniqlik kiritiladi. Bola so‘roq qilingan paytda jarayonda o‘qituvchi ishtirok etgan-etmagani muammoni hal qilmaydi. Ishtirok etmagan bo‘lsa, xizmat intizomi buzilishi holatiga ham oydinlik kiritiladi. Eng asosiysi, jinoyatning kim tomonidan sodir etilganiga aniqlik kiritish. Surishtiruv-tergov jarayonlari natijasi haqida ma’lum qilinadi, — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют