» » Buxorodagi to‘yda kelin-kuyovning 1,5 mln so‘m to‘yonasini o‘g‘irlab ketgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi

Buxorodagi to‘yda kelin-kuyovning 1,5 mln so‘m to‘yonasini o‘g‘irlab ketgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi


Buxoroda to‘y marosimida kelin-kuyovning 1 500 000 so‘m miqdoridagi to‘yonasini o‘g‘irlab ketgan kollej talabasi ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.

G‘ijduvon tuman IIBga, Qoraxoniy MFY, Qo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan Sardorbek Narzulloyev ariza orqali murojaat qilib, 2017-yil 18-noyabr kuni soat 18:00 dan 23:00 larga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs akasi Narzulloyev Sanjarning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tayotgan Sarvari MFYda joylashgan “Sitora” nomli to‘yxonadagi kelin-kuyov stoli ustidan 1 500 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab  ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu o‘g‘rilik jinoyatini 1999-yilda tug‘ilgan,  Abbosxo‘ja MFY, Abbosxo‘ja qishlog‘ida yashovchi, hozirgi vaqtda G‘ijduvon tumani Qurilish va kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan, voyaga yetmagan Shamsiyev Javohir Rajab o‘g‘li sodir etganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Javohir Shamsiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют