» » Olmaliqda moliya bo‘limi mudirining sobiq o‘rinbosari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirgani aniqlandi

Olmaliqda moliya bo‘limi mudirining sobiq o‘rinbosari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Olmaliq shahar moliya bo‘limi mudiri sobiq o‘rinbosari I.S. (hozirda Ohangaron shahar moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari) mansab mavqeyini suiiste’mol qilib, “T.M.” MChJga ta’sischilik qilgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

U ushbu korxonani norasmiy boshqarib, budjet tashkilotlariga narxi 493 million so‘mlik mahsulotlarni 591,2 million so‘mga qimmat narxda o‘tkazib, 98,1 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Korxona hisob raqamiga kelib tushgan 977,8 million so‘mni korporativ plastik kartasiga o‘tkazib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan hamda budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 221,5 million so‘m daromad solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.

Shuningdek, I.S. noqonuniy daromadlarini qonuniylashtirib, mulkka aylantirish maqsadida Gentra va Damas rusumli avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan I.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют