» » Ta’lim to‘g‘risidagi qonun loyihasining yangi tahririda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi

Ta’lim to‘g‘risidagi qonun loyihasining yangi tahririda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi


Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasining yangi tahriri ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda.

Palata matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi 2019-yilning 6-sentabrida Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan. Uni ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar, ta’lim sohasida faoliyat olib boruvchi ekspertlar va mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tomonidan keng ko‘lamli ish olib borildi. Qonun loyihasi konseptual ma’qullanganidan keyin parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytiga keng muhokamadan o‘tkazish uchun joylashtirilgan.

Shu munosabat bilan ishchi guruh Qonunchilik palatasiga fuqarolardan va ta’lim muassasalari vakillaridan kelib tushgan takliflarni o‘rgangan. Ishchi guruh a’zolari ularni tahlil qilib, umumlashtirmoqda. Shu asnoda qonun loyihasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Havolaki normalar chiqarib tashlanmoqda.

Qonun loyihasida ta’lim xizmatlarining kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida dual ta’lim olishning yanada kengroq ko‘lamini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Odinaxon Jamoliddinovaning fikricha, qonun loyihasining yangi tahriri bilan ta’lim oluvchilarni va pedagog kadrlarni ta’lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Shuningdek, qayd etilishicha, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va ta’lim muassasalarining faoliyati erkinligi kengaytirilmoqda. Undan tashqari, qonun loyihasi ushbu sohada davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini kengaytirishga hamda ta’lim muassasalari faoliyatida mustaqillikni oshirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют