» » CNN: AQSh hukumati Yaqin Sharq mamlakatlari aviakompaniyalari samolyotlarini maxfiy ravishda tekshirmoqda

CNN: AQSh hukumati Yaqin Sharq mamlakatlari aviakompaniyalari samolyotlarini maxfiy ravishda tekshirmoqda


AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi Yaqin Sharq va Afrika shimolidagi bir qator mamlakatlar aviakompaniyalariga tegishli samolyotlarni tanlab tekshirishni kuchaytirish haqida maxfiy topshiriq berdi. Bu haqda 4-aprel, seshanba kuni CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Telekanal manbalariga ko‘ra, qo‘shimcha tekshirishlar o‘tgan oyda samolyot salonida smartfondan katta o‘lchamdagi elektron qurilmalarni o‘zi bilan olishga taqiq bilan bir vaqtda joriy etilgan.

Bu vazifa AQSh transport xavfsizligi milliy boshqarmasi xodimlariga yuklatilgan. Ular portlovchi qurilmalar yoki moddalarni topishga mo‘ljallangan xizmat itlari va maxsus qurilmalardan foydalanish imkoniga ega.

Maxfiy tekshirishlarda asosiy e’tibor samolyotning bagaj bo‘limiga qaratiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют