» » 2019-yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketgani ma’lum bo‘ldi

2019-yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketgani ma’lum bo‘ldi


Rossiya migrantlar soni bo‘yicha Yevropada Germaniyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi, deb yozmoqda “TASS”.

Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga 2019-yilda 11,6 million migrantni qabul qilgan. Ularning katta qismi Ukrainadan (3 milliondan ortiq), Qozog‘istondan (qariyb 2,5 million) va O‘zbekistondan (1,1 million) kelgan migrantlardir.

Qayd etilishicha, Rossiyaga kelgan xorijliklarning katta qismi mehnat muhojirlaridir. Shu sababli Rossiya undagi migrantlar o‘z vataniga pul o‘tkazishi uchun eng yirik manbalardan biri hisoblanadi. 2018-yilda Rossiyadan boshqa davlatlarga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori 21 milliard dollarni tashkil qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda mehnat migrantlari haqidagi ma’lumotlar yagona bazada jamlanadi

“Bu ushbu mamlakatda sekin-asta, ammo izchil ravishda iqtisodiy ko‘tarilish bo‘layotganini ko‘rsatadi. Shu sababli Rossiya mehnat migrantlarini jalb qilishda davom etmoqda”, deya izoh bergan XMT.

Xalqaro press klubning “Press-qahva” debatlari dasturining ishsizlik va mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan anjumanida bugungi kunda 2 million 600 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘zga davlatlarda mehnat qilayotgani aytilgan edi.

Ko‘pchilik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mazkur statistikasi real hayotdagi raqamlardan farq qilishini aytadi. Biroq vazirlik vakili raqamlar o‘rtasidagi farq katta emasligini ma’lum qilgan. Shuningdek, vazirlik mutasaddisi ma’lumotiga ko‘ra, xorijdan o‘tgan yili mehnat migrantlari O‘zbekistonga 5 milliarddan ortiq valyuta yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют