» » Rossiyadan O‘zbekistonga yarim yilda 2 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazildi

Rossiyadan O‘zbekistonga yarim yilda 2 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazildi


Rossiyadan O‘zbekistonga 2019-yilning birinchi yarmida yuborilgan pul miqdori 2 milliard dollardan oshib ketdi, bu 2018-yilning mos davridagi ko‘rsatkich (1,8 milliard dollar)dan taxminan 200 million dollarga ko‘p. Bu haqda, Rossiya Markaziy banki e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Rossiyadan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha xuddi o‘tgan yildagi kabi MDH mamlakatlari orasida yetakchi bo‘lib turibdi. Bu borada ikkinchi o‘rinda turgan Tojikiston sezilarli ortda qolmoqda — Rossiyadan bu mamlakatga yarim yilda 1,1 milliard dollar pul o‘tkazilgan. Qirg‘iziston esa jami 935 million dollarlik o‘tkazma bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Qozog‘iston oltinchi o‘rindan joy olgan — u yerga yarim yilda Rossiyadan 268 million dollar pul o‘tkazilgan.

O‘zbekistonga yuborilgan bitta o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori ikkinchi chorakda 372 dollarni tashkil etdi (2019-yilning birinchi choragida 349 dollar edi, 2018-yilning ikkinchi choragida esa 375 dollarni tashkil etgan). Tojikiston yuborilgan bitta o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori sezilarli — 150 dollar, Qirg‘izistonda ushbu ko‘rsatkich 185 dollarga, Qozog‘istonda esa 138 dollarga teng.

Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Tursunov O‘zbekistonning 2,5 milliondan ortiq aholisi yoki mamlakat aholisining 7 foizi mehnat muhojirlari ekanini ma’lum qilgan edi. Ayni vaqtda ularning 2 milliondan ortig‘i Rossiyada ekani aytilgan edi. Mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari hajmi 5,1 milliard dollarni yoki mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining 10 foizini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют