» » Uch oy ichida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazildi

Uch oy ichida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mlrd dollardan ortiq pul o‘tkazildi


Uch oy ichida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 1 milliard dollardan ortiq pul o‘tkazildi, deb yozadi Spot Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga tayanib.

Ikkinchi chorakda pul o‘tkazmalari hajmi 1,07 milliard dollarni tashkil qildi. O‘rtacha olganda bitta pul o‘tkazmasi summasi 375 dollarga teng bo‘ldi.

Shuning faqat 318 million dollarini Rossiya fuqarolari o‘tkazgan, qolgan 759 millioni Rossiya shaharlarida ishlovchi O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha barcha MDH mamlakatlarini ortda qoldirmoqda. Masalan, reytingda ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Qirg‘izistonga 681 million dollar, uchinchi o‘rindagi Tojikistonga esa 672 million dollar yuborishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют