» » Birinchi o‘rinda: o‘zbekistonliklar 2017-yilda Rossiyadan qariyb 4 mlrd dollar pul jo‘natgan

Birinchi o‘rinda: o‘zbekistonliklar 2017-yilda Rossiyadan qariyb 4 mlrd dollar pul jo‘natgan


O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari 2017-yilda Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, ular o‘tgan yili vatanlariga 3 milliard 902 million dollar jo‘natgan. Bu haqda Sputnik Rossiya Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan statistikaga tayanib xabar bermoqda.

MDH mamlakatlari ichida pul o‘tkazmalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Tojikiston joylashdi – 2017-yilda 2 milliard 536 million dollar. Undan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston — 2,211 milliard dollar va Armaniston — 1 milliard 65 million dollar bilan bormoqda.

Oxirgi o‘rinda Turkmaniston joylashgan — 2 million dollar.

O‘tgan yil oxirlarida o‘zbekistonliklarda vatanlariga pul jo‘natishning yana bir yo‘li paydo bo‘ldi. Naqd rublni UzCard kartasiga o‘tkazish mumkin, so‘ngra kartadagi pul AQSh dollariga konvertatsiya qilinadi. Pul o‘tkazmasini naqd shaklda yechib olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют