» » Raqam: Rossiyadan O‘zbekistonga 2017-yilda necha milliard dollar pul o‘tkazildi?

Raqam: Rossiyadan O‘zbekistonga 2017-yilda necha milliard dollar pul o‘tkazildi?


Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2017-yil 4,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda UzCard kompaniyasi bosh direktori Ahror Mahmudov Spot nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq 2006-yildan 2017-yilning uchinchi choragiga qadar — 12 yil ichida Rossiyadan O‘zbekistonga salkam 37 milliard dollar pul o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi muhojirlar 12 yilda O‘zbekistonga qancha pul o‘tkazdi?

Qayd etish joiz, turli statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yili birgina Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari hajmi mamlakatning asosiy uch eksport mahsulotidan tushgan daromad bilan qariyb teng bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qay biri ko‘proq: muhojirlar yuborgan pul yoki asosiy eksport mahsulotidan tushgan daromad?

Bundan avval 2017-yil davomida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 273 million dollar, Ukrainadan O‘zbekistonga esa 9,4 million dollar pul o‘tkazilgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют