» » Rossiyadan kapital olib chiqilishi 2017-yili 3 marotabadan ko‘proqqa oshdi

Rossiyadan kapital olib chiqilishi 2017-yili 3 marotabadan ko‘proqqa oshdi


2017-yil yanvar—noyabr oylarida Rossiyadan kapital olib chiqilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 marotaba ko‘paydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mamlakat markaziy bankiga ko‘ra, 11 oy mobaynida Rossiyadan 28 milliard dollar olib chiqildi. O‘tgan yilning shu davrida mazkur summa 8,2 milliard dollar bo‘lgandi.

Noyabr oyining o‘zida bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank oldinroq 2017-yil yakunlari bo‘yicha Rossiyadan kapital olib chiqilishi 19 milliard dollar atrofida bo‘lishini taxmin qilgandi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют