» » Samarqandda tutun qoplagan xonadonda qamalib qolgan bola qutqarib qolindi

Samarqandda tutun qoplagan xonadonda qamalib qolgan bola qutqarib qolindi


28-noyabr, payshanba kuni soat 21:00 da Samarqand shahri, So‘g‘diyona mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, 9 yoshli farzandi uy ichida qamalib qolganligini ma’lum qildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur murojaat yuzasidan boshqarma qutqaruv otryadi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi. Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning temir eshigini ochib kirdi.

Xonadon egasining e’tiborsizligi bois gaz plitasidagi qozonning tagi o‘chirilmagani, buning oqibatida tutun hosil bo‘lib, uy ichida yotgan bola hushini yo‘qotgani aniqlandi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xonadon hamda uning ichidagi bola omon qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют