» » Samarqandda qutqaruvchilar uyda qulflanib qolgan 80 yoshli ayolga yordam ko‘rsatdi

Samarqandda qutqaruvchilar uyda qulflanib qolgan 80 yoshli ayolga yordam ko‘rsatdi


1-aprel kuni soat 11:15 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi  tezkor navbatchilik qismi “1050” raqamiga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro R.Mirzayeva qo‘ng‘iroq qilib, 1938-yilda tug‘ilgan qo‘shnisi A.Kolomichenko qo‘ng‘iroqlarga javob bermayotgani sababli, qo‘shnisi uyining temir eshigini ochishga yordam berishni so‘rab murojaat qiladi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Kapitan A.To‘rayev boshchiligida boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib bordi. Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida to‘rt qavatli uyning uchinchi qavatida joylashgan xonadonga balkon orqali kirdi. Xonadon ichiga kirishganida A.Kolomichenko polda yotgan holda topildi. Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga o’z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют