» » Samarqandda eshigi qulflanib qolgan uydan o‘smir bola qutqarib olindi

Samarqandda eshigi qulflanib qolgan uydan o‘smir bola qutqarib olindi


Joriy yilning 23-mart kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmati “1050” telefon raqamiga Samarqand shahrida yashovchi T.X eshigi qulflanib qolganligi uchun uni ochishda yordam so‘rab qo‘ng‘iroq qiladi.  Shuningdek, fuqaro T.X uy ichida 18 yoshli o‘g‘li borligi va u javob bermayotganligini, yoniq holda qolgan gaz plitasiga choy qo‘yilganligini bildiradi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

FVB xodimlari temir eshikni ochganda xonadon ichidagi o‘smir chuqur uyqu holatida edi. Gaz plitasidan chiqqan gaz isining butun xonadon bo‘ylab tarqalganligi qutqaruvchilardan ehtiyotkorlikni talab etdi. Qutqaruvchi alpinistlar tabiiy gaz to‘planayotgan xonadon ichidan o‘smirni o‘z vaqtida olib chiqishga ulgurdi. Hozirda yigitning ahvoli qoniqarli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют