» » Farg‘onada qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 4 yoshli bolani qutqardi

Farg‘onada qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 4 yoshli bolani qutqardi


Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.Xolmatova Farg‘ona viloyati FVBning “1050” qisqa telefon raqamiga murojaat qildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z murojaatida to‘rt yoshli farzandi uy ichkarisida qarovsiz qolib ketganligi, temir eshik qulflanib, uni ochishning imkoni bo‘lmayotganligi, qolaversa xonadon ichida gaz plitasi yoniq qolganligi hamda farzandidan xavotir olayotganini bildirgan.

Olingan xabardan so‘ng boshqarmaning qutqaruv otryadi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga chiqib ketdi.

Manzilga yetib borgan qutqaruvchilar qisqa vaqt ichida qulflanib qolgan uy eshigini ochdi va 4 yoshli bolakayni onasiga topshirdi.

Farzandini qo‘liga olgan ona o‘z vaqtida yordam ko‘rsatgan FVV xodimlariga o‘z minnatdorligini bildirdi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют