» » Samarqandda o‘quvchilar nega elektrsiz, sovuq maktablarda o‘qiyapti? Respublika energotizimi “bir maromda ishlashi kerak” bo‘lgani uchun

Samarqandda o‘quvchilar nega elektrsiz, sovuq maktablarda o‘qiyapti? Respublika energotizimi “bir maromda ishlashi kerak” bo‘lgani uchun


“Daryo”da Samarqanddagi maktabda elektrdagi muammo sabab o‘quvchilar qorong‘i va zax xonada dars o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi. Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Ma’lumot berishlaricha, Samarqand viloyatining Urgut tumaniga elektr energiya ta’minoti 110 kVli L-Panjikent va L-PTF elektr uzatish tarmoqlari orqali yetkazib beriladi. Ushbu liniyalar SAON avtomatika tizimiga kiritilgan.

Respublika energotizimida elektr energiya tanqisligi va elektrostantsiyalarida elektr energiya ishlab chiqaradigan generatorlarda nosozliklar kuzatilgani sabab yuqorida ko‘rsatilgan liniyalarda avtomatik tarzda o‘chishlar sodir bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, havo haroratining sovuqligi sabab iste’molchilar bino-inshoot va uylarni isitish uchun elektr energiyadan, korxona mutasaddilarining fikricha, noratsional foydalanmoqda. Natijada respublika energotizimi qo‘shimcha yuklamalar bilan ishlayapti.

“Ya’ni, elektr sarfi Samarqand viloyati uchun ajratilgan limitdan oshib ketib, Milliy dispetcherlik xizmati tomonidan berilgan topshiriqdan chiqishga to‘g‘ri kelyapti”, — deyiladi Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi munosabatida.

Ta’kidlanishicha, respublika energotizimining bir maromda ishlashini tashkil etish maqsadida Samarqand viloyati bo‘yicha 35—110 kVli elektr uzatish tarmoqlariga cheklashlar joriy etilishiga majbur bo‘linmoqda va shu bois maktablarga bir maromda elektr energiyasi yetib bormayapti.

Mavzuga doir: Samarqanddagi maktabda elektrdagi muammo sababli o‘quvchilar qorong‘i va zax xonada dars o‘tmoqda

“Shu munosabat bilan Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarning elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida imkon darajada barcha choralarini ko‘rmoqda va yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi. Korxona rahbariyati elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar, shikoyat, murojaat va takliflarni 1154 telefon raqami orqali qabul qiladi”, — deyiladi korxona munosabatida.

Mavzuga doir: Andijonda gaz va elektr uzilishlaridan charchagan aholi norozilik bildirib, ko‘chaga chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют