» » Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilishi bo‘lishi kutilmoqda

Toshkent viloyatining 8 ta hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilishi bo‘lishi kutilmoqda


So‘nggi kunlarda havo haroratining keskin pasayib ketishi hamda energiya iste’moli hajmining oshgani sababli, Toshkent viloyati energotizimi yaxlitligini saqlab qolish maqsadida, elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatning Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Chirchiq shaharlari va Bekobod, Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Rejali o‘chirishlarning davomiyligi uzog‘i bilan ikki soat davom etadi, deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga doir: Toshkent, Andijon va Xorazmning ayrim hududlarida 5—6-noyabr kunlari elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

Elektr ta’minotidagi uzilishlar qaysi sanadan boshlanishiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Toshkent, Andijon va Xorazmning ayrim hududlarida 5—6-noyabr kunlari elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют