» » Toshkent, Andijon va Xorazmning ayrim hududlarida 5—6-noyabr kunlari elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi

Toshkent, Andijon va Xorazmning ayrim hududlarida 5—6-noyabr kunlari elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi


Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida 5—6-noyabr kunlari elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumani hududiga qarashli 1932-sonli past kuchlanishli transformator punktida ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Zulfizar” mahallasi hududidagi Ibrat, ZiyoSaid, Yangi labzak, Nashriyot, Tabrik, Zulfizar hamda Nizomiddin Xo‘jayev ko‘chalarida 2019-yil 5-noyabr kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Mazkur tumanning “Quyi darxon” mahallasi hududida joylashgan 1255-sonli past kuchlanishli transformator punktida ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, Beshqayrag‘och, Taqachi, Munosabat, Atoyi va Chevar 1, 2, 3-tor, Zulfizar, Ixtiro ko‘chalarida ham 5-noyabr kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘lishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 5 va 6-noyabr kunlari Toshkent shahri Chilonzor tumanining 6-mavzesi hududida joylashgan 5357-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Shu sababli, tumandagi “OITS” markazida soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

5-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar “L-G‘alaba” elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, Andijon tumanida joylashgan “Otchopar” podstansiyasidan ta’minlanuvchi “Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi xonadonlarida elektr ta’minotida uzilish bo‘ladi.

Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan “Lug‘umbek” podstansiyasining elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, “Do‘stlik”, “Chekyor”, “Rovvot”, “Yuqori”, “Navjur”, “Xaqulobod”, “Taraqqiyot”, “Bo‘ston”, “Navro‘zobod”, “Obod”, “Birlashgan” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida hamda “Markaziy taqsimlash shoxobchasi” 1-SSh elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta’mirlanishi sababli, Andijon shahridagi “O‘zbekiston”, “Yangi turmush”, “Buvasadin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida 5-noyabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi kutilmoqda.

2019—2020-yil kuz-qish davrida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “Karvak”, “Ovshar”, “Yangiobod”, “Aloqali ko‘l”, “Amudaryo”, “Yangibozor”, “G‘afur G‘ulom”, “Shovot” mahallalarida 5—6-noyabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasida uzilishlar kuzatilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют