» » Senatorlar “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi


Oliy Majlis Senatining 30-noyabr kuni chaqirilgan 24-yalpi majlisida “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Endi u Prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Senat matbuot xizmatining xabar berishicha, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ushbu qonun haqida ma’ruza qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning 5,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,5 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 4 foizga, kapital quyilmalar hajmining kamida 10 foizga, chakana savdo aylanmasining 5,6 foizga, xizmat ko‘rsatish hajmining 5,7 foizga o‘sishi prognoz qilingan.

Bunda o‘sish qurilish sohasida 11,8 foiz, sanoatda 6,4 foiz va xizmatlar sohasi 6,1 foizni, qishloq xo‘jaligida esa 3 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 2019-yil yakunlariga ko‘ra davlat budjeti daromadlari 112 trillion 600 milliard so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga oshishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Moliya vazirligi O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdorini e’lon qildi

O‘zbekistonning har bir fuqarosi davlat budjeti mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishda ishtirok etadi. Davlat budjeti mablag‘larini shakllantirishda soliq to‘lovchi, ulardan foydalanishda davlat tomonidan taqdim etiladigan qulayliklar va xizmatlarning iste’molchisi sifatida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют