» » “Rais seni hurmat qilarkan”. Tanzila Norboyeva blogerning kesatig‘iga Senat yalpi majlisi davomida izoh berdi

“Rais seni hurmat qilarkan”. Tanzila Norboyeva blogerning kesatig‘iga Senat yalpi majlisi davomida izoh berdi


O‘zbekiston Senatining 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 24-yalpi majlisida muhokamaga qo‘yilgan barcha masalalar, xususan, “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun majlisdan qatnashgan 86 senatorning mutlaq ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilindi.

Mavzuga doir: Inoyatovni kuldirayotgan Quronboyev, charchagan Ortiqxo‘jayev, xayolga berilgan Shodmonov. Senatning 24-yalpi majlisidan fotoreportaj

Bloger Nozim Safari ushbu holatga munosabat bildirib: “O‘zbek Senatini yaxshi ko‘raman. Mukammal yakdillik!”, deya Telegram’dagi kanalida post qoldirdi. Blogerning postidan yarim soat o‘tar-o‘tmas, Senat raisi Tanzila Norboyeva blogerning fikriga yalpi majlis davomida, tabassum bilan izoh berdi.

“Hozir ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim fuqarolarimiz: ‘Senatorlar nima uchun yakdillik bilan ovoz beryapti?’, degan savol berishyapti. Shuning uchun hamyurtlarimiz uchun bir aniqlik kiritmoqchi edim. Barcha qonun loyihalari, ko‘rib chiqilayotgan masalalar Senat qo‘mitalarida batafsil muhokama qilingan. Kimda kim qaysidir masaladan norozi bo‘ladigan bo‘lsa, tegishli espertlar chaqirilib, masalalarga oydinlik kiritilgan. Senatorlarimizning yakdillik bilan ovoz berishi sababi shu”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Ushbu holatga boshqa bloger — Xushnudbek Xudoyberdiyev shunday izoh qoldirgan: “Rais seni hurmat qilarkan, Nozimjon”.

Mavzuga doir: “Jurnalistlar bilan muloqotda etika qoidalariga qat’iy amal qilishimiz zarur”. Tanzila Norboyeva senatorlarga murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют