» » Trampning saylovoldi shtabi Bloomberg agentligini akkreditatsiyadan mahrum etdi. Agentlik asoschisi AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ygan

Trampning saylovoldi shtabi Bloomberg agentligini akkreditatsiyadan mahrum etdi. Agentlik asoschisi AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ygan


Trampning saylovoldi shtabi Bloomberg agentligini akkreditatsiyadan mahrum etdi, deb xabar bermoqda Axios’ga shtab rahbari Bred Parskalning bayonotiga tayanib.

Meduza’ning yozishicha, u shtabning bunday xatti-harakatini Bloomberg asoschisi Maykl Blumbergning savlovoldi poygasiga qo‘shilgani va agentlik Blumbergning o‘zi va demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan jurnalistik surishtiruvi o‘tkazmaslik qarori bilan izohlagan.

“Bloomberg o‘zlarining rahbari yoki aksariyati yuqori lavozimlarini egallagan demokrat-raqobatchilari xatti-harakatlarini o‘rganmasligini, ammo Donald Tramp haqida tanqidiy maqolalar yozishda davom etishini ma’lum qilgan”, — deydi Parskal. Shuningdek, bunday amaliyotni “xavotirli va noto‘g‘ri” deb hisoblashini ta’kidlagan.

Bloomberg bosh muharriri Jon Mikltueyt bunday noxolislik ayblovini rad etgan. “Biz Donald Tramp haqida u 2015-yilda (birinchi muddatga) nomzod sifatida ko‘rsatilganidan buyon haqqoniy va xolis yozib kelmoqdamiz va saylovoldi shtab tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga qaramay buni davom ettiramiz”, — degan u.

Milliarder Maykl Blumberg noyabr oyida Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. U prezidentlik poygasiga Donald Trampni yutish uchun emas, Amerikani jonlantirish uchun kirishganini aytgan.

Ma’lumot uchun, shtatlarda demokratlardan nomzod ko‘rsatish 2020-yilning fevralidan boshlanadi. Nomzod uzil-kesil aniqlanadigan partiya syezdi esa iyul oyida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Bloomberg asoschisi Trampga qarshi harakatga 500 million dollar sarflamoqchi ekanligi, agar prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasa, saylovdan avval boshqa bir demokratni qo‘llab-quvvatlash uchun “misli ko‘rilmagan axborot kampaniyasi”ni ishga tushirishini aytgandi.

Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri Uorren Baffet Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ysa, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Blumbergning o‘zi esa Donald Trampdan g‘olib bo‘lishiga ishonadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...