» » O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasini Jahon Chempioniga aylantirgan murabbiy vafot etdi

O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasini Jahon Chempioniga aylantirgan murabbiy vafot etdi


O‘zbekiston nogiron-amputantlar futbol terma jamoasi bilan to‘rt karra Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan mutaxassis Rustam Qoriyev 68 yoshida olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rustam Qoriyev 1951-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha ko‘tarilgan.

Qoriyev 1988-yilda Afg‘onistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron bo‘lib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998-yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga o‘zgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati g‘olibi, ko‘p bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi a’zolari tashkil etgan O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt karra Jahon Chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют