» » Toshkent viloyati va Sirdaryodagi metan gaz quyish shoxobchalarida 30,4 mlrd so‘mlik gaz hisobga olinmagani aniqlandi

Toshkent viloyati va Sirdaryodagi metan gaz quyish shoxobchalarida 30,4 mlrd so‘mlik gaz hisobga olinmagani aniqlandi


Joriy yilning 22-noyabr kunidan 1-dekabrgacha O‘zneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari va “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan respublikada joylashgan 72 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zneftgazinspeksiya “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 16 ta korxona tomonidan gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi natijasida gaz ta’minoti korxonalariga jami 30,4 milliard so‘m zarar keltirilganligi aniqlandi.

Xususan, quyidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gaz hisoblash uskunasining ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskunalar tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatgan:

Yangiyol tumani

Bekobod shahri

Angren shahri

Ohangaron tumani

Yuqori chirchiq tumani

O‘rtachirchiq tumani

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют