» » Respublikada 6,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Respublikada 6,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi


“O‘zneftgazinspeksiya”, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari va “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari bilan birgalikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Tadbir natijasiga ko‘ra, 773 ta noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zneftgazinspeksiya” “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha 8,3 million metr kub miqdoridagi tabiy gazdan noqonuniy foydalanish qayd etilgan. Natijada gaz ta’minoti korxonasiga 6,3 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Ushbu noqonuniy foydalanish holatlaridan biri Toshkent viloyatidagi uchta pishtgan g‘isht ishlab chiqarish sexida aniqlangan. Gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi natijasida gaz ta’minoti korxonasiga jami 2,2 milliard so‘m zarar keltirilganligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, ular orasida “Binokor” MChJ rahbariyati bir necha bor tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangani uchun javobgarlikka tortilgan. Ushbu sex gaz ta’minoti korxonasiga bir necha marta zarar yetkazgan. So‘nggi holat bo‘yicha 1,79 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Shuningdek, “O‘zneftegazinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir natijalariga ko‘ra, issiqxonalarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 84 ta holat aniqlandi. Noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 2,17 million metr kubni, yetkazilgan zarar miqdori esa 2,18 milliard so‘mni tashkil etgan.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 16 ta (pishtgan g‘isht, ohak, kulolchilik) sex hamda 673 ta boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxona aniqlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy gazning noqonuniy iste’moli hajmi 6,148 million metr kub, natijada yetkazilgan zarar esa 4,204 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют