» » Samarqand, Guliston va Jizzaxda yer osti silkinishlari sezildi

Samarqand, Guliston va Jizzaxda yer osti silkinishlari sezildi


O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 4-dekabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan tong soat 05:35 da O‘zbekistonda yer osti silkinishlari qayd etilgan.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 191 kilometr janubda joylashgan. Epitsentrda zilzila magnitudasi 4,5 ni tashkil etgan; o‘chog‘i 18 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer osti silkinishlari kuchi Guliston va Samarqandda 2 ballni, Jizzaxda 3 ballni tashkil etgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila boshqa shaharlarda sezilmagan.

Avvalroq, 3-dekabr kuni Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida ham sezilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют