» » Braziliya seriallarining aktrisalari ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qildi

Braziliya seriallarining aktrisalari ayollarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qildi


Braziliya teleseriallarining mashhur aktrisalari va Globo telekompaniyasining suratga olish jarayonida ishtirok etayotgan boshqa xodimlari ayollarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qiluvchi fleshmob tashkil qildi, deb yozadi “TASS”.

Ularning aksariyati “Bittasini ranjitdingmi — barchasini ranjitding” yozuvi tushirilgan futbolkalardagi suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

Aksiya ishtirokchilarini Braziliyaning sobiq prezidenti Dilma Russeff ham qo‘llab-quvvatladi. U mazkur shiorni Facebook’dagi sahifasiga joyladi va 4-aprel kechqurunga qadar 14 mingta “layk” to‘pladi.

Fleshmob uchun braziliyalik mashhur aktyor Joze Mayyerning hulq-atvori yuzasidan kelib chiqqan mojaro sabab bo‘ldi. Globo telekanalida ishlovchi rekvizitor Suslen Tonani 67 yoshli aktyorni tegajoqlikda aybladi.

Mayyer uzr so‘raganligiga qaramasdan, Globo uni seriallarida suratga tushish uchun taklif qilmasligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют