» » Andijonda sodir bo‘lgan gaz portlashi bo‘yicha FVV va viloyat hokimligi xabar berdi

Andijonda sodir bo‘lgan gaz portlashi bo‘yicha FVV va viloyat hokimligi xabar berdi


Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Andijonda ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)

Andijon viloyati hokimligi tomonidan xabar berilishicha, 4-dekabr, chorshanba kuni soat 14:13 atrofida Andijon shahri 2-kichik dahasi Sog‘lom avlod MFY Lermontov ko‘chasidagi 7-sonli ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga xabar berilgan. Olingan xabarga asosan soat 14:19 da Andijon shahar YoXB 1-sonli yong‘in qutqaruv qismi voqea joyiga yetib borgan.

Hokimlik xabariga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning portlashi natijasida jami 6 ta xonadon zarar ko‘rgan bo‘lib, asosan yong‘in kelib chiqishi taxmin qilinayotgan 2-qavatdagi 37, 38, 39-xonadonlar zararlangan. Uyning 4-podyezdi qavatlaridagi beton to‘siqlar qulab tushgan.

Ma’lum qilinishicha, 8 kishi qo‘rquv natijasida viloyat tez-tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan. Ular ayni paytda shifokorlar nazoratida. Hodisa oqibatida kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, yong‘in 38-xonadonda tabiiy gaz portlashi oqibatida yuzga kelgan. Portlashga gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hodisa yuz bergan vaqtda mazkur xonadonda hech kim bo‘lmagan. Yuqori va pastki qavatda yashovchilar hech qanday jarohat olmagan, faqat ularning ba’zilari qo‘rqqan.

Voqea joyiga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetib borgan va zudlik bilan mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq bergan. Yong‘indan putur yetgan joylarni qayta tiklash ishlari boshlandi.

Hodisa yuz bergan joyga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tezkor guruh yo‘l olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют